Niderlandiyalik yosh olimlar guruhi o‘zlari ishlab chiqqan avtobusni taqdim etdi. Bunday jamoat transportiga chumoli kislotasida ishlovchi ekodvigatel o‘rnatiladi. 30 litrlik hajmga ega bitta to‘la bak 200 km.ga yetadi. Yangilik atrof-muhit uchun xavfsiz bo‘lib, global isishning salbiy oqibatlarini yengishda qo‘l kelishi mumkin.
XVII asrdayoq olingan chumoli kislotasi nafaqat hasharotlar, balki o‘simliklar tomonidan ham ishlab chiqariladi. U qichitqi o‘t, ignabarg, sirka kislotasida bo‘ladi. Bu faoliyatning ko‘plab sohalarida juda qo‘l keluvchi modda: erituvchi, konservant, anestetik, parazitlarga qarshi vositadir. Ixtirochilar fikricha, bunday yoqilg‘ining boshqa o‘ziga xos jihatlari orasida yengil tashish imkoniyati, shuningdek, qiymatining nisbatan pastligi bor.
Hydrozine nomli texnologiya ishi davomida chumoli kislotasi katalizatorlar ta'siri ostida vodorod va karbonat angidrid gaziga bo‘linadi. U o‘rnatilgan motor uchun elektr quvvatini yuzaga keltiradi. Elektrouzatma tizimi VDL kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan.
Aftidan, Hydrozine ilk avtobuslari yangi yil arafasida yo‘lga chiqariladi. Ularning barqaror ishlashini ta'minlashda chumoli kislotasiga ega stansiyalar muhim o‘rin tutadi, ular xuddi an'anaviy yoqilg‘i quyish shoxobchalari kabi ko‘rinishga ega bo‘ladi.