ZTE O‘zbekistonda innovatsion texnologiyalar va mahsulotlarni yanada ko‘paytirishga kirishdi

Fan-texnika 16:15 / 04.07.2017 16927

Shanxaydagi Jahon mobil kongressi kunlarida ZTE Corporation kompaniyasi innovatsion qarorlar va telekommunikatsiya sanoati uchun texnologiyalar mavzusiga bag‘ishlangan seminarlar seriyasini o‘tkazdi, ushbu seminarlar 28-30 iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tdi.

Mazkur texnik seminarlar seriyasi, shuningdek global telekom sanoati rivojining eng yangi tendensiyalari haqida biz ZTE Corporation kompaniyasining MDH mintaqasidagi marketing bo‘yicha direktori janob Go Chaoxun bilan suhbatlashdik.

- Borgan sari telekom uskunalar va qarorlar yetkazib beruvchilari texnologik yangiliklar olamida "trendni boshlab beruvchilar"ga aylanib borayotgani haqida ko‘p eshityapmiz, ular innovatsion texnologiyalarni standartlashda faol ishtirok eta boshlashadi. ZTE'ning shu yo‘nalishdagi tajribasi haqida so‘zlab bersangiz.

- Mobil internetning eng yirik xalqaro provayderlari, korporativ va iste'molchi texnologik qarorlardan biri bo‘lgan ZTE Corporation kompaniyasi o‘zining butun dunyodagi hamkorlari va mijozlari tarmoqlarida innovatsionlikka urg‘u beradi hamda ilg‘or qarorlarni targ‘ib qilishga harakat qiladi. 2017 yilning boshida ZTE Jahon intellektual mulk tashkiloti tomonidan chop etiladigan patent arizalarning yillik jadvalida 1-o‘rinni egalladi.

Bu hodisa kompaniyaning yangi avlod texnologiyalari, jumladan 5G, tarmoq virtualizatsiyasi, bulut hisoblash va Internet-buyumlarni tadqiq qilish va ishlab chiqarishda davom etayotganini aks ettiradi. Sizlarga biz uchun ahamiyatli bo‘lgan yana bir raqam haqida ma'lumot beraman - ZTE kompaniyasi har yili o‘z daromadning 10 foizdan ko‘prog‘ini ilmiy-tadqiqot faoliyatiga investitsiya qiladi, joriy yilning birinchi choragida esa mazkur ko‘rsatkich 13 foizdan oshdi.

Aynan shu maqsadda, ya'ni o‘zbek mijozlarimiz va hamkorlarimizni Jahon mobil kongressida ZTE tomonidan taqdim etilgan telekom soha yangiliklari bilan tanishtirish maqsadida biz ushbu seminarlar seriyasini tashkil qildik. Tadbir davomida biz global AKT-sanoatining barqaror ijobiy rivojlanish drayveri sifatida qatnashuvchi, shuningdek operatorlarga bozor salohiyatini o‘z vaqtida aniqlash va undan to‘liq foydalanishda yordam beradigan strategiya va qarorlarni taqdim eta olamiz.

- Texnik seminarlar doirasida Siz qanday aniq mavzularni yoritishni rejalashtiryapsiz?

- Seminar ishtirokchilari uchun biz Barselonada taqdim etilgan va Shanxayda taqdimoti rejalashtirilayotgan eng yaxshi innovatsiyalarni tayyorlaganmiz. 2017 yilda Mobile World Congress (MWC)da ZTE korporatsiyasi 5G'ga oid qator innovatsion qarorlarni namoyish etdi va ko‘rgazma qatnashchilarini mazkur texnologiyalar targ‘ibotiga doir strategiyasi bilan tanishtirdi. ZTE kompaniyasi 5G sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi yetakchiligiga tayanib, 5G baza stansiyalarining to‘liq tijorat lineykasini taqdim etdi, bu esa bizning mijozlarimizga avvalgidek texnologik yangiliklar mavqeida  qolishga imkon berdi. Kongressda shuningdek kompaniyamiz tomonidan dunyodagi ilk 5G Flexhaul qarori namoyish etildi, u fronthaul- va backhaul baza tarmoqlari ehtiyojlari uchun optik tarmoq hamda IP-texnologiyalarni integratsiyalashtiradi.

MWC davomida ZTE kompaniyasi FDD bazasidagi pre-5G Massive MIMO qarori doirasida ma'lumotlarni yetkazishning rekord tezligini namoyish etdi. 4G LTE'ni qo‘llab-quvvatlovchi sakkiz qurilma bir vaqtda yoqilganda, FDD Massive MIMO'dan foydalanganda ma'lumotlarni yetkazish tezligi 2,6 Gb/s'ni tashkil qilgan, bu an'anaviy LTE-qurilmalarda ma'lumotlarni yetkazish tezligidan sakkiz karra yuqori. ZTE'ning yana bir qarori Pre-5G TDD Massive MIMO 2.0 - 2,1 Gb/s tezlikda 16 kanalli multipleksorlash orqali ma'lumotlar yetkazish xususiyatini tasdiqladi. Chin dildan ishonamizki, mazkur qarorlar bizning hamkorlarimizga 5G'ga o‘tishda aniq ustunliklarni taqdim etadi.

Biz Pre5G\5G'dan tashqari, shuningdek Internet-buyumlar,  Big Broadband va  Big Video uchun taqdimotlar va demo tayyorladik.

- Seminarning asosiy ishtirokchilari - mamlakatning yetakchi operatorlari vakillarimi?

- Mazkur seminarlar O‘zbekistondagi asosiy hamkorlarimiz va mijozlarimiz uchun maxsus ishlab chiqilgan. Shuningdek shu kunlarda seminarlarda operatorlardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining tartibot tashkilotlari va oliy ta'lim muassasalari qatnashayotgani biz uchun juda yoqimli holat. Kelgusida mamlakatning telekommunikatsiya sanoati qaysi yo‘nalishda rivojlanishini aynan shu insonlar belgilab beradi. O‘zbekistondagi telekom tizimini shakllantirish jarayonining bir qismi bo‘lish ZTE kompaniyasi uchun katta sharaf.

Biz 2G/3G/4G telekommunikatsion uskunalari, tayanch tarmog‘i, quvvatlanishning qurilmaviy ta'minoti, transport texnikasini yetkazib beruvchi Ucell kompaniyasi bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatib kelmoqdamiz. «O‘zbektelekom» AK kompaniyasi bilan anchadan beri birga ishlab kelamiz, hamkorlikning ilk yillarida ZTE unga CDMA, NGN, IPTV mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etgan. Uzmobile bilan hamkorlik davom etmoqda, hozirda 2G/3G/4G uskunalarini yetkazishga doir yirik loyiha amalga oshish bosqichida. O‘tgan yildan boshlab UMS kompaniyasi mijozlarimiz qatorini to‘ldirdi. ZTE kompaniyasi Beeline bilan birga vEPC dunyodagi ilk virtual tarmoqlardan birini yo‘lga qo‘ymoqda.

- O‘zbekiston va umuman MDH mintaqasiga doir rejalaringiz qanday?

- 15 yil avval MDH bozorlarida faoliyatimizga start berilganidan keyin ZTE mahalliy mijozlarga soha rivoji natijasida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf qilishda yordam berib, ular uchun ishonchli hamkor bo‘lib qolmoqda. MDH mintaqasida ham global strategiya doirasida bo‘lgani kabi, ZTE quyidagi innovatsion yo‘nalishlar rivojiga alohida e'tibor qaratmoqda:

Pre5G va 5G'ga doir innovatsiyalar: hozirgi vaqtda ZTE Pre5G uskunasi 30 mamlakatdagi 40 dan ortiq operatorlar tarmoqlarida qo‘llanmoqda (masalan, China Mobile va SoftBank). ZTE 2018 yilning uchinchi choragida 5G tijoratdan oldingi targ‘ibotini boshlashni rejalashtirmoqda, to‘liq tijorat ekspluatatsiyasini yo‘lga qo‘yish ishlari esa 2019 yilda boshlanadi.

Tarmoq evolyutsiyasi uchun innovatsiyalar: 2016 yilda biz NFV tarmoqlari bo‘yicha yetakchi maqomini olib, 40 mamlakatda virtuallashgan loyihalar targ‘ibotida burilish yasadik. Masalan, 13 mamlakatdagi VEON loyihasi, shuningdek velcom (Telecom Austria Group) uchun to‘liq virtuallashgan asosiy tarmoq loyihasi - dunyodagi birinchi shunday keys hisoblanadi.

Internet-buyumlar ekotizimi uchun innovatsiyalar, - birinchi navbatda Aqlli shahar, Aqlli uy, Aqlli avtomobillar va sanoat Interneti loyihalari uchun. Bu yo‘nalishda  ZTE butun dunyo bo‘ylab 20 dan ortiq operatorlar va 40 mamlakatdagi 130 dan ziyod IoT hamkorlarning yetakchi operatorlari bilan hamkorlik qiladi.

Xulolsa qilib shuni aytishni lozim topdimki, bizning orzuimiz - shu kunlarda seminarlarda O‘zbekiston va MDHda namoyish qilinayotgan innovatsion texnologiyalar va mahsulotlarni yanada ko‘paytirish.

Reklama xuquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: