Google Chrome hamon dunyodagi eng mashhur internet-brauzer

Fan-texnika 18:10 / 04.07.2017 20014

Dunyodagi eng mashhur brauzerlar orasida birinchilik Google Chrome'ga nasib etdi. Bu haqida Neowin.net portalida xabar berildi. 

NetMarketShare va StatCounter tadqiqot firmalari hisobotlariga ko‘ra, Google brauzeri ulushi bir yilda 10,84 foizga o‘sgan. 2016 yilning iyulida uning ulushi 48,56 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2017 yilning iyunida esa 59,49 foizgacha ortgan. 

Internet Explorer brauzeri avvalgidek, ikkinchi o‘rinni egalladi. Shunday bo‘lsa-da, u o‘z mavqeini ancha boy bergan. Uning ulushi 14,81 foizga kamaygan. 2017 yilning iyunida u bozorning uchdan bir qismini (31,65 foizini) egallagan bo‘lsa, shu yilning may oyida bu ko‘rsatkich 16,84 foizgacha pasaygan.

Uchinchi o‘rinda Firefox brauzeri bo‘lib, u o‘z ko‘rsatkichlarini 4,22 foizga (7,8 dan 12,02 foizga) oshirgan. Boshqa brauzerlar orasida ikki yildan buyon Windows 10 bilan birga yetkaziluvchi Microsoft Edge bozorning taxminan 5 foizini egallaydi. Qolgan 3,5 foiz ulush — Safari brauzeriga tegishli. 

Ta'kidlash joizki, ushbu statistik ma'lumot 20 ming (NetMarketShare) va 2,5 million (StatCounter) sayt ma'lumotlari asosida olingan. Shu bois ular real vaziyatni to‘liq ifodalay olmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: