Google Chrome brauzerida kompyuter protsessorini 100% ishlashga majbur qiladigan nuqson aniqlandi

Fan-texnika 13:56 / 24.12.2018 5294

Xavfsizlik bo‘yicha ekspert Jyerom Segura Twitter sahifasida Google Chrome brauzeridagi nuqson haqida ma'lum qildi. 

Uning yozishicha, tovlamachilar sahifasidagi ma'lum bir JavaScript-kod tufayli brauzer protsessorning zaxiralarini qisqa muddatda sarflay boshlaydi. Buning natijasida kompyuter «qotib» qoladi. Brauzerni faqatgina Windows «vazifalar dispetcheri» orqali yopish mumkin bo‘ladi. Tovlamachilik kodi o‘z harakatini bajarish uchun brauzer orqali kirilgan saytlar tarixidan foydalanadi.

Google mutaxassislari mazkur nuqson haqida bilishganini va brauzerni yangilash ustida ish olib borilayotganini ma'lum qilishdi.

Ko‘proq yangiliklar: