Continental kompaniyasi dinamiklarsiz audiotizim ishlab chiqdi

Fan-texnika 11:35 / 03.07.2017 8539

Continental kompaniyasi dinamiklarsiz audiotizim ishlab chiqdi va u an'anaviy majmualardan 90 foiz kamroq vazn bosadi. Karnaylar o‘rniga kuzov panellari va mashina intererlaridan foydalaniladi.

Ishlab chiqaruvchining qayd etishicha, ayni paytda oddiy avtomobillardagi audiotizimning og‘irligi 20 kilogrammgacha boradi, Continental tomonidan yaratilgan yangi tizimdagi barcha elementlar 2 kilodan ortiq tosh bosmaydi. Kompleks, shuningdek, mashina massasini pasaytiribgina qolmasdan, uning energiya iste'molini ham kamaytiradi.

Continental’dagilar maxsus aktuatorlar ixtiro qilishdiki, u avtomobil ichidagi ma'lum bir sirtlarni huddi dinamiklardagi membranalar singari titrashga majburlaydi. Ekspertlarning fikricha, yuqori chastotalar uchun oldingi tayanchlar, o‘rta chastotalarga — eshiklar, tomi va orqa javon — past chastotalarga xizmat qiladi.

Firmaning yangi ishlab chiqqan qurilmasi Hannoverda o‘tgan TechShow 2017 ko‘rgazmasida namoyish etildi. Dinamiklarsiz tizim Mercedes-Benz avtomobiliga o‘rnatilib sinaldi. Avtomobil bir vaqtning o‘zida Burmester audiomajmuasi bilan ham jihozlangan edi — har ikki tizimni joyida taqqoslash uchun.

Bu mashinada aktuatorlar oldingi tayanchlar, old oynaning yuqori qismi, shift va old o‘rindiqlarning orqasiga o‘rnatilgan. Taqdimotda ishtirok etgan CarAdvice jurnalistining yozishicha, Continental tizimining tovushi Burmester’nikidan bir necha bor tiniq ekanligi oydinlashgan.

Yangilik sentabr oyida Frankfurtda o‘tadigan motorshouda ommaga namoyish etilishi mo‘ljallangan. Continental vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ularning audiojamlanmasi allaqachon to‘liq seriyali ishlab chiqarishga tayyor.

Ko‘proq yangiliklar: