Amerikaning kosmik agentligi tovushdan tez uchar fuqarolik aviatsiyasi loyihalariga qaytmoqda. Yaqin kelajakda mutaxassislar X-plane’nini yaratishga kirishishadi. Uni yaratish jarayonida Concorde va Tu-144 samolyotlarining, shuningdek, QueSST’ning so‘nggi modeli muvaffaqiyatlari va nuqsonlari hisobga olinadi.
Eslatib o‘tamiz, QueSST dasturi doirasida mutaxassislar tovush zarbasi muammosini hal qilishga muvaffaq bo‘lishdi — u kemaga tovush to‘sig‘idan o‘tishga va yetarli tezlikka erishishga xalaqit berardi. Bu ish uchun AQSh hukumati tomonidan 2016 yilda 20 mln. dollar ajratilgan edi va texnika aerodinamik quvurda uchish sinovlaridan o‘tkazilgan.
Lockheed Martin va NASA qo‘shma jamoasining yangi rejalariga ko‘ra, havo kemasi takomillashtirilib, u yo‘lovchi tashishga moslashtiriladi. Natijada, texnika aholi punktlari ustidan xavfsiz parvoz qilib, aholi uchun shovqin va boshqa jihatlari bilan noqulayliklar tug‘dirmaydi.
Bir qator murakkab texnologiya masalalar hal etilgani bois, garchi katta miqdordagi investitsiyalar talab qilinishiga qaramasdan, tovushdan tez uchar aviatsiyaning yangi davri bizga yaqin kelajakda taqdim etiladi. NASA hisob-kitoblariga ko‘ra, loyihaning texnik tomonini amalga oshirish uchun to‘rt yil yetarli ekan.