Putin Moskvada uylarning ommaviy buzilishi haqidagi qonunni imzoladi

Jahon 23:10 / 01.07.2017 23979

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 1 iyulda Moskvada turar-joy binolarining ommaviy buzilishini nazarda tutuvchi renovatsiya dasturi haqidagi qonunni imzoladi.

Ushbu dastur Moskvada birinchi navbatda 5 qavatli uylar aholisining ommaviy ko‘chirilishi va bu uylarning buzilishini nazarda tutadi. Moskva meri Sergey Sobyaninning aytishicha, dastur 15 yilga mo‘ljallangan. Qonunga ko‘ra, birinchi bo‘lib eski uylar buziladi.

Moskva meriyasi dasturga kiritilgan 4,5 ming uydan iborat ro‘yxatni chop etgan. 15 maydan 15 iyungacha uylarda yashovchilar orasida "Faol fuqaro" portali va "Mening hujjatlarim" markazi orqali dasturda ishtirok etish bo‘yicha ovoz berish bo‘lib o‘tgan. Yakuniy ro‘yxatga uyning buzilishi uchun unda yashovchi aholining 3 dan 2 qismidan ko‘prog‘i ovoz bergan uylar kirgan.

Dasturda ishtirok etishga qarshi 460 ga yaqin uy qarshi ovoz bergan. Meriyada ta'kidlanishicha, boshida ro‘yxatda bo‘lmagan shunchaga yaqin uy aholisi keyinroq ularni dasturga qo‘shishni so‘rashgan.

Ko‘proq yangiliklar: