«Ohangaronsement» AJ 2017 yilning mayida 129 222 tonna klinker (sement ishlab chiqarish uchun yarim tugallangan mahsulot - kuydirib toshga aylantirilgan sement) chiqardi, bu 2016 yilning ushbu davriga nisbatan 13,8 foizga ko‘p (15 628 t).
2017 yilning mayida korxona iste'molchilarga 171 933 tonna sement yetkazib berdi, bu o‘tgan yilning may oyiga nisbatan 3,7 foizga ko‘p.
2017 yilning o‘tgan besh oyi davomida korxona 537 296 tonna klinker va 742 649 tonna sement ishlab chiqardi. Iste'molchilarga 755 844 tonna sement yetkazib berildi.