Sony kompaniyasi 2018 yilning mart oyidan vinil plastinkalar ishlab chiqarishni qayta tiklamoqchi. Nikkei Asian Review shu haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, plastinkalar Yaponiya prefekturasidagi Sony Music Entertainment zavodida ishlab chiqariladi.
Ishlab chiqarishni qayta tiklash to‘g‘risidagi qaror ham katta yoshli iste'molchilar, ham yoshlarning bunday qurilmalardagi musiqaga bo‘lgan talabi ortishi bilan bog‘liq.
Kompaniya mashhur eski kompozitsiyalar hamda so‘nggi xitlar yozilgan plastinkalarni ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, Sony boshqa leybllardan ham buyurtmalarni qabul qiladi.
Ta'kidlash joizki, Sony 1989 yilda kompakt-disklarning paydo bo‘lishi tufayli plastinkalar ishlab chiqarishni to‘xtatgan edi.