Qozog‘iston MSK sayti xakerlar hujumiga uchradi

Fan-texnika 17:36 / 29.06.2017 4724

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi sayti parlamentning yuqori palatasiga saylovlar kuni kiberhujumga uchradi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz sayti.

«Markaziy saylov komissiyasi texnik xizmati mutaxassislari hodisani payqashgach, hujumga o‘z vaqtida chora ko‘rishdi. Buzib kirishga urinish harakatini to‘sib qo‘yish bo‘yicha barcha choralar ko‘rildi», - deyiladi xabarda.

Ta'kidanishicha, ayni damda Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi sayti xavfsiz holdadir.

«Ma'lum bo‘lishicha, jinoyatchilarning IP-manzili Yevropa davlatlaridan birida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ma'lumot tegishli davlat idoralariga topshirildi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tishdi muassasada.

Ko‘proq yangiliklar: