Ekologiya uchun eng zararli va eng beziyon gadjyetlar ma'lum qilindi

Fan-texnika 08:33 / 29.06.2017 6887

Apple, Samsung va LG kompaniyalari qurilmalari tabiatga eng katta, Dell va HP mahsulotlari esa eng kam zarar keltirishi aniqlandi. Bundan Greenpeace xalqaro ekologik tashkiloti tadqiqotlari natijalari darak bermoqda.

Mutaxassislar 17 ta taniqli kompaniyaning 40 dan ko‘proq turli gadjyetini (smartfon, planshet va noutbuklar) tahlil qilib chiqishdi. Ziyonni baholashda 4 ta ko‘rsatkich hisobga olindi: displeyni almashtirish imkoniyati, akkumulyatorni almashtirish imkoniyati, ta'mirlash uchun maxsus asboblarga ega bo‘lish zarurati va butlovchi qismlarning mavjudligi. Har bir qurilma 10 balli shkala bo‘yicha baholandi.

Smartfonlar ichida Fairphone2 (10 ball) smartfoni atrof-muhitga eng beziyoni deb topildi. Bu smartfon almashtiriluvchi batareykaga ega, unda eng ko‘p uchraydigan nosozliklarni uy sharoitida bartaraf etish mumkin. LG G4, LG GS va Xiaomi Redmi 4 smartfonlari 8 balldan olishdi. Eng past bahoni esa smartfon bozori yetakchilari Samsung Galaxu S7 va Samsung Galaxu S7 edge oldi.

Planshetlardan eng yuqori ballni HP Elite x2 1012 G1, eng past ballni esa iPad 5, iPad Pro (2 ball) va Microsoft Surface Pro 5 planshetlari oldi. Noutbuklar orasida eng uzoq ishlaydigan va ta'mirlashga yaroqli deb Dell Latitude E5270 va HP EliteBook 840 G3 noutbuklari topildi. Ekologiya uchun eng ziyonli noutbuklar deb 13 dyuymli Microsoft Surface Book va Apple MacBook Pro ham 2017 yilgi Apple Retina MacBook 2017 topildi. 

"Uzoq ishlaydigan va ta'mirlanishi mumkin bo‘lgan qurilmalarni yaratish – elektronika ishlab chiqaruvchi brendlar elektronikani ishlab chiqarish bilan bog‘liq tabiatga yetkaziladigan zararli ta'sirni kamaytirish uchun ko‘rishlari mumkin bo‘lgan muhim qadamdir", deb aytilgan hisobotda. Ta'kidlanishicha, har yili millionlab tonna elektron chiqindilar vujudga keladi.

Tadqiqot mualliflarining ta'kidlashicha, ko‘plab kompaniyalar o‘z mahsulotlarini foydalanuvchilar o‘zlari ta'mirlay olmasliklari uchun nozik va murakkab qilib ishlab chiqaradilar. "Baholangan 17 ta brenddan faqatgina uchtasi – Dell, Fairphone va HP ehtiyot qismlar va ta'mirlash bo‘yicha yo‘riqnomani taqdim qiladi", deb aytilgan hisobotda.

Ko‘proq yangiliklar: