Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqishi blok byudjyetida 20 mlrd yevro miqdoridagi “tuynukni” yuzaga keltiradi. Bu haqda The Guardian gazetasi byudjyet masalalari bo‘yicha Yevropa komissari Gyunter Ottingeraga asosan yozmoqda.
Ottingerning ma'lum qilishicha, Brexit yakunlangandan so‘ng ittifoq juda katta yo‘qotishga duch kelganini tan olish lozim bo‘ladi.
“Buyuk Britaniya biz bilan boshqa birga bo‘lmaydi, biroq u “toza” soliq to‘lovchi edi, shuning uchun byudjyetimizdagi farq yiliga taxminan 10-25 mlrd yevroni tashkil etadi”, - deya ta'kidlab o‘tdi amaldor.
2017 yilda YeI byudjyeti 157,9 mlrd yevroni tashkil etdi. Yevropa komissiyasi Britaniya hukumatidan YeI a'zosi sifatida o‘ziga olgan majburiyatlarni bajarishni so‘rab, ba'zi mablag‘larni “saqlab qolmoqchi”.