Yangi Nokia telefoni suratlari tarqaldi

Fan-texnika 17:22 / 29.06.2017 16392

Ijtimoiy tarmoqlarda HMD kompaniyasining yangi tugmali telefonining suratlari tarqaldi. 

Yangi Nokia 3310 ko‘p bozorlarda sotuvga chiqqan, biroq ishlab chiqaruvchilar yana bir byudjyet qurilma ustida ishlashmoqda, deb yozadi PhoneArena.

Devays suratlari Xitoyning Telekommunikatsion jihozlarni sertifikatlash markazi saytida (TENAA) paydo bo‘ldi. Biroq bugungi kunda yangi telefon haqida suratlardan boshqa hech qanday ma'lumot yo‘q, hatto uning nomi ham noma'lum.

Foto © TENAA.COM.CN

Jurnalistlar qurilmaning arzon bo‘lishi va uning 3G tarmoqlariga ulanmasligini taxmin qilishmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: