Nestle o‘z aksiyalarini sotib olish uchun 21 mlrd dollar sarflaydi

Iqtisodiyot 19:23 / 28.06.2017 9104

Nestle kompaniyasi bozordan 20 mlrd shveysar frankiga (20,8 mlrd dollar) teng o‘z aksiyalarini sotib olish rejasini e'lon qildi. Kompaniya bu rejasini "sarmoya strukturasini yaxshilash va o‘zgaruvchan bozor sharoitida o‘z barqarorligini oshirish" istagi bilan tushuntirdi. 

Nestle’ning bunday katta miqdordagi aksiyalarini ortga qaytarish qarori amerikalik yirik investor Deniel Loub Nestle’ning 3,5 mlrd dollarlik aksiyalarini sotib olib, 1,3 foizlik paketni qo‘lga kiritganini ma'lum qilgandan bir necha kun o‘tib yangragandi. Shundan keyin Loub faol sarmoyachilarga xos tarzda Nestle "bir joyda to‘xtab qolgani"ni va unga islohotlar zarurligini ayta boshlagan hamda kompaniyaning qolgan aksiyadorlarini uning tub islohotlar o‘tkazishga chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatlashga chorlagan. Bu islohotlar, jumladan Nestle’ning L’Oreal kompaniyasidagi o‘z ulushini (23 foiz) sotishini, xarajatlarni qisqartirishni va aksiyadorlik sarmoyasi ustidan nazoratni mustahkamlash uchun o‘z aksiyalarini sotib olishni o‘z ichiga olgan bo‘lardi.  

Nestle bayonotida aytilishicha, aksiyalarni ortga sotib olish 4 iyulda boshlanadi, aksiyalarni sotib olish bo‘yicha butun dastur esa 2021 yilgacha davom etadi.

Ko‘proq yangiliklar: