Qo‘shma Shtatlar 2020 yilga kelib suyultirilgan tabiiy gaz global bozoriga sof-eksportchi sifatida chiqish niyatida. Bu haqda Oq uy saytida aytilgan. Amerika gazining 2016-2040 yillardagi sotuvlari federal byudjyet daromadini 118 mlrd dollarga ko‘paytiradi.
«AQShdagi gaz inqilobi, mamlakatimiz suyultirilgan tabiiy gaz eksportchisi sifatida global o‘yinchiga aylanishiga olib keladi», - deya ta'kidlanadi xabarda.
AQSh 1953 yildan beri tabiiy gazning toza importchisi hisoblanadi.
Mamlakat prezidenti Donald Tramp 28 aprel kuni avvalgi davlat rahbari Barak Obamaning shelflarda foydali qazilmalarni ishlab chiqarishni cheklash to‘g‘risidagi farmonini bekor qilib, neft va gazni Atlantika, Tinch va Shimoliy Muzlik okeanlari hamda Meksika ko‘rfazidagi qismlarda qazib olishni kengaytirdi. Hujjat taxminan yetti million kvadrat kilometrda qazilma ishlarini olib borish imkonini beradi. Bu hududlarda 90 mlrd barrel neft va 9 trln kubometr gaz bo‘lishi mumkin.