Lenovo kompaniyasida kelajak materiallaridan yaratiladigan noutbuklar bukiluvchi bo‘ladi, deb hisoblanmoqda. Xitoy kompaniyasi bunday qurilma kontseptini namoyish qildi, deb xabar bermoqda Engadget portali.
AQShda kompaniyaning matbuot va hamkorlar uchun o‘tgan tadbirida yangi qurilmaning o‘zi namoyish qilinmadi, uning o‘rniga uning kompyuterdagi tasvirlari bilan cheklanib qolindi. Ilg‘or materiallardan tayyorlanadigan xayoliy noutbuk internetga doimiy ravishda ulangan bo‘ladi, unda "yangi ekran texnologiyalari"dan foydalaniladi va u bilan "gaplashish" mumkin bo‘ladi.
Suratda noutbuk buklangan holatda tasvirlangan bo‘lib, ko‘rinishicha, u Microsoft’ning Surface Book noutbugi kabi bukiladi. Noutbukka tachpad ilova qilinmaydi, biroq uning ekranida yozish mumkin bo‘ladi.
Lenovo muhandislarining g‘oyasi hayotga tatbiq qilinishiga hali ancha vaqt borga o‘xshaydi, yo‘qsa gap mavhum materiallar va texnologiyalar haqida ketmasdi.