Lenovo kompaniyasi MWC 2023 ko‘rgazmasida qiziqarli konseptual noutbukni namoyish etdi. Oddiy rejimda bu 12,7 dyuymli 4:3 nisbatli displeyga ega standart ThinkBook ultrabuki.
Biroq, agar korpusning o‘ng tomonidagi kichik tugma bosilsa, displey bo‘yiga kattalasha boshlaydi. Ushbu mexanizm tom ma’noda ekran panelini klaviatura ostidan tortib oladi.
Jurnalistlarning ta’kidlashicha, hajmni oshirish jarayoni ancha sekin. To‘liq ochish 10 soniyadan ko‘proq vaqtni oladi va u 8:9 nisbatli 15,3 dyuymli displeyga aylanadi.
Panelning o‘zi Sharp kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Mexanizmning resursi 20-30 ming siklni tashkil qiladi.
Lenovo bunday g‘ayritabiiy displey ofis xodimlari uchun ham, dasturchilar uchun ham foydali bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi. Bu elektron jadvalning kattaroq massivini yoki ko‘proq kod qatorlarini ko‘rish imkonini beradi.
Hozircha bu texnologiya loyiha bosqichida xolos. Panelni ochish jarayonining sekinligi va ekranning kichik burmasi borligi shundan dalolat beradiki, bunday noutbuk yaqin orada ishlab chiqarilmaydi. Shunga qaramay, Lenovo noutbuk sanoatining kelajagini ana shunday kattalashadigan ekranlarda ko‘rmoqda va ularni yanada rivojlantirishni rejalashtirmoqda.