UZMOBILE «ZiyoNet» tarmog‘i resurslariga imtiyozli ulanish imkoniyatini taqdim etadi

Fan-texnika 17:26 / 23.06.2017 10810

O‘zbekiston milliy mobil aloqa operatori 16 iyundan yangi xizmat yo‘lga qo‘yilganini ma'lum qiladi.

«ZiyoNET» nima?

«ZiyoNET» milliy jamoat axborot ta'lim tarmog‘i bundan 10 yil avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi jamoat ta'lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” 2005 yil 28 sentabrdagi PQ-191 son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

«UzMobayl» filiali Sizga «Ziyo Net» ijtimoiy tarifini yo‘lga qo‘yilganini mamnuniyat bilan ma'lum qiladi. Bundan maqsad ilmu-fan va ta'limdan madaniyat va san'atgacha, sport va ko‘ngilocharliklardan biznes, zamonaviy axborot texnologiyalari hamda tibbiyotgacha bo‘lgan turli hil foydali saytlarni taqdim etish orqali yoshlarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi darajasini oshirish.

Ta'lim tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarni joriy etish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan bugungi kunda O‘zbekistonda eng yirik foydali loyiha hisoblanadi. Loyiha katalogida ko‘plab: ilm va ta'limdan madaniyat hamda san'atgacha, sport va ko‘ngilochar materiallardan biznes, zamonaviy axborot texnologiyalar hamda tibbiyotgacha yo‘nalishlari mavjud: Ziyonet sayti reyestri nafaqat mahalliy, balki chet el resurslarini ham birlashtiradi. Portaldagi elektron kutubxonada o‘zbek, rus, ingliz, qoraqalpoq va boshqa tillarda kitoblar, darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, taqdimot, ma'lumotnoma hamda referatlar mavjud. Ta'limiy dasturlar o‘quvchilar va talabalarga ham, bolalarga ham mo‘ljallangan bo‘lib, ularga kelajakda zarur bo‘ladigan bilim asoslari bilan yengil o‘yinli shaklda tanishishlariga yordam beradi. 

Kutubxonada ko‘plab jiddiy asarlar mavjud — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi xodimlari mazkur bilimlar bazasiga ilmiy jurnallar, byulletenlar va nomzodlik hamda doktorlik dissertatsiyalari hamda ularning avtoreferatlarini kiritadilar. 

Uzmobile — «ZiyoNet» yangi xizmati

Bunday katta bilimlar bazasi barkamol shaxs tarbiyasida muhim ahamiyatga molik bo‘lishi, shuningdek, har bir insonga uni qiziqtirgan axborotni topishida yordam berishi mumkin. Biroq buning uchun mazkur bilimlar zaxirasiga ulanish oson va qulay bo‘lishini ta'minlash zarur. 

Albatta, foydalanuvchi uchun foydali bo‘lishi zarur. Buning uchun Uzmobile kompaniyasi xodimlari tomonidan maxsus «ZiyoNet» xizmati ishlab chiqildi. Buning evasiga kompaniyaning smartfonga ega har bir abonenti milliy ta'lim tarmog‘iga imtiyozli ravishda ulanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 16 iyundan xizmatni faollashtirgan mobil operator GSM-abonentlari uchun Ziyonet resurslarida trafikning 1 Mb bor-yo‘g‘i 0,002 $ ni tashkil etadi. 

U qanday ishlaydi?

Uzmobile’dan yangi xizmatga jismoniy shaxslar ham, yuridik shaxslar ham ulanishi mumkin. Barcha abonentlar uchun xizmatni faollashtirishning yagona narxi (0,1 $) va undan foydalanganlik uchun abonent to‘lovi (0,05 $) belgilangan. 

Xizmatni boshqarish, unga ulanish va uzilish USSD-buyruq asosida, uzmobile.uz saytidagi shaxsiy kabinetda, sotuvlar ofislarida va 1099 qo‘llab-quvvatlash xizmati telefon raqamlari (yuridik shaxslar uchun — faqat sotuvlar hamda xizmat ko‘rsatish ofislarida) amalga oshiriladi. Xizmatning alohida ulanish nuqtasi (APN) — ziyonet.uzmobile.uz mavjud; axborot resurslariga imtiyozli narxlar asosida ulanish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun, avval smartfonni unga ulash zarur.

Xizmatni boshqarish, unga ulanish va uzilish USSD-buyruq asosida, uzmobile.uz saytidagi shaxsiy kabinetda (faollashish -*111*2*12*1# va faollashishni to‘xtatish - *111*2*12*2#), sotuvlar ofislarida va 1099 qo‘llab-quvvatlash xizmati telefon raqamlari (yuridik shaxslar uchun — faqat sotuvlar hamda xizmat ko‘rsatish ofislarida) amalga oshiriladi. Xizmatning alohida ulanish nuqtasi (APN) — ziyonet.uzmobile.uz mavjud; axborot resurslariga imtiyozli narxlar asosida ulanish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun, avval smartfonni unga ulash zarur.

Nima uchun «ZiyoNet» xizmatini Uzmobile taqdim etadi?

Bilim egallash har bir inson uchun zarur. Uzmobile kompaniyasi buni to‘laqonli ta'limning asoslaridan biri deb hisoblaydi hamda bilim olishni davlat tomonidan ta'minlanishi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi. Yangi xizmatning yo‘lga qo‘yilishi — bu kompaniya tomonidan mazkur yo‘nalishda qo‘yilgan yana bir qadamdir. 

Mazkur xizmatning yo‘lga qo‘yilishi — bu qabul qilingan 2017 - 2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasiga muvofiq ijtimoiy sohada O‘zbekiston ta'lim tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish uchun ishlarni amalga oshirish doirasida yana bir qadamdir. Uzmobile internetda ta'limiy portalga tezkor ulanib, «ZiyoNet» xizmati evaziga O‘zbekistonning barcha mintaqalaridagi yoshlar o‘z bilim darajalarini oshirib, tanlagan mutaxassisliklari bo‘yicha malakali mutaxassis bo‘lib yetishadilar va egallagan bilimlari hamda shaxsiy yutuqlaridan mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida foydalanadilar, deb umid qiladi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: