Tesla kompaniyasi o‘zining musiqiy servisini yaratish ustida ish boshladi, u bu markadagi avtomobillarda radioni butunlay almashtirishi kerak. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Hozirgi paytda elektrokarlar ishlab chiqaruvchisi ehtimoliy sheriklar bilan muzokaralar olib bormoqda. Buni Ilon Maskning kompaniyasida tasdiqlashgan.
Tesla’dagilar hozircha u to‘laqonli musiqiy servis bo‘lishi yoki avtomobillar bor bo‘lgan servislardan biriga ulanishi borasida bir qarorga kelmagan.