AQSh adliya vazirligi Interpolga Volkswagen avtomobil konsernining besh nafar sobiq menejyeri va ishlab chiqaruvchisini qidiruvga berish bo‘yicha murojaat yubordi. Ular atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qonunlarni buzganlikda ayblanmoqda, deb xabar berdi Süddeutsche Zeitung gazetasi.
Biroq, nashr ma'lumotiga ko‘ra, Germaniya gumonlanuvchilarni Amerika politsiyasiga topshirish niyatida emas.
Ta'kidlanishicha, ular Interpol bazasiga kiritilsa, mamlakatni tark eta olishmaydi.