Mobil raqamni saqlagan holda operatorni almashtirish loyihasi bilan xorijiy kompaniya shug‘ullanishi mumkin
20 iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida «Hansa Telecom» (Latviya) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida fikr almashildi. Xususan, «Hansa Telecom» kompaniyasi istiqbolli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston mobil aloqa abonentlari raqamlarini operatorlararo ko‘chirish xizmatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyihani amalga oshirishni taklif qildi.
Mehmonlarning fikricha, ushbu loyiha mobil aloqa operatorlari o‘rtasida raqobatni kuchaytirib, abonentlarga o‘zlarining raqamlarini saqlab qolgan holda boshqa operator xizmatlariga o‘tish imkonini yaratadi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu loyihani har tomonlama ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.
Mavzuga oid

18:55 / 21.02.2025
Latviya Seymi rossiyaliklarning ko‘chmas mulk sotib olishini taqiqlovchi qonunni qo‘llab-quvvatladi

17:34 / 20.02.2025
O‘zbekiston va Latviya mehnat migratsiyasi bo‘yicha bitim tayyorlashga kelishib oldi

23:23 / 10.02.2025
Latviyada og‘ir kasallikka chalingan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

17:18 / 27.01.2025