Fiat kompaniyasi va Italiyadagi Esselunga supermarketlar tarmog‘i mijozlarga ikki kun ichida rekord miqdorda avtomobil ulashdi. 48 soat ichida Fiat 500 avtomobillaridan deyarli 1,5 ming kishi oldi. Ushbu natija hattoki Ginness rekordlar kitobida ham qayd qilindi.
Xetchbeklarning mijozlarga yetkazib berilishi Esselunga tanlovi doirasida amalga oshirildi. Tarmoqning birinchi do‘koni ochilganining 60 yilligi munosabati bilan doimiy xaridorlar o‘rtasida 1,5 mingta "Fiat" o‘ynaldi.
Butun Italiyadan g‘oliblar Fiat zavodiga taklif qilindilar. Dastlab u yerda 1520 ta avtomobil berish rejalashtirilgandi, biroq 25 kishi sovg‘ani olib ketgani kelolmagan. 48 soat ichida bir joyning o‘zida 1495 ta mashina tarqatildi.
Ushbu mashinalar Fiat’ning dizayn-markazi tomondan maxsus tayyorlangandi. 1,2 litr hajm, 69 ot kuchiga ega motorli bu avtomobillarning kuzovi va saloni oq rangda ishlangan. Mashina 7 ta xavfsizlik yostiqchasi, iqlim-nazorati va Uconnect 5 multimedia tizimi bilan jihozlangan.