Xakerlar "Xonda" zavodini to‘xtashga majbur qilishdi

Foto: motor.ru
Honda kompaniyasi xakerlar hujumi sababli avtomobillar ishlab chiqaruvchi zavodini to‘xtatishiga to‘g‘ri keldi. Reuters axborot agentligining ma'lum qilishicha, kompaniyaning kompyuter tarmog‘iga katta shov-shuv keltirib chiqargan WannaCry virusi tushgan.
Sayama shahridagi zavod bir kunga yopilgan. Bu zavodda markaning turli modellari, jumladan Accord sedani, Odyssey va Step Wagon minivenlari ishlab chiqariladi. Zavod kuniga mingtaga yaqin mashina ishlab chiqaradi.
Honda’da ta'kidlanishicha, virus Yaponiyada 19 iyundan boshlab tarqalgan, vaholanki u qolgan davlatlarda may oyida tarqalgandi. Qolgan holatlardagi kabi, WannaCry kompyuterni bloklab, buning evaziga pul talab qiladi. Agar pul to‘lanmasa, virus kompyuterdagi ma'lumotlarni o‘chirib tashlaydi.
WannaCry 12 may kunidan tarqalishni boshlagan, u ayni vaqtda 500 mingdan ko‘proq kompyuterni zararlagan. Avvalroq u sababli Renault-Nissan avtokonsernining bir nechta davlatlardagi zavodlari ishi to‘xtatilgandi.
Mavzuga oid

20:05 / 20.01.2025
Honda 300 mingga yaqin avtomobilini chaqirib oladi

21:24 / 08.01.2025
Sony o‘zining birinchi elektromobilini taqdim etdi. Narxlari va xususiyatlari

20:28 / 23.12.2024
Honda va Nissan birlashmoqda. Ular dunyodagi eng yirik uchinchi avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylanadi

10:56 / 26.05.2023