Kilian Mbappe qaysi jamoaga o‘tishini uzil-kesil hal qilgan

Sport 13:40 / 19.06.2017 19250

«Monako» hujumchisi Kilian Mbappe faqatgina «Real»ga o‘tmoqchi ekanini bildirgan.

«Men faqat «Real» safida to‘p surishni istayman. Yo Madridga yo‘l olaman, yoki hech qayerga ketmayman», – deya Mbappening so‘zlarini keltiradi Marca.

18 yoshli futbolchining transferiga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan yagona jihat uning narxi – 100 million yevrodan ortiq ekani bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Real» Mbappeni shu mavsumdayoq sotib olishni istayotgani va bir mavsum davomida uni «Monako»da ijarada qoldirmoqchi ekani xabar qilingandi.

«PSJ» ham futbolchi uchun kurashni davom ettirmoqda. Mbappening otasi uni aynan Parij klubiga o‘tishini istab turibdi.

Ko‘proq yangiliklar: