AQShning Istanbuldagi konsulligi shaharda terakt xavfi oshishidan ogohlantirdi

Jahon 14:45 / 18.06.2017 6391

Amerikaning Istanbuldagi konsulligi shahardagi teraktlar xavfi oshishidan ogohlantiruvchi bayonot bilan chiqdi. Bu haqida elchixona saytida xabar berildi

Manbaga ko‘ra, AQSh fuqarolari Istanbulning ishbilarmon qismi - Shishli va Medijiyekyoy tumanlarida o‘ta hushyor bo‘lishlari zarur.

"Qo‘shma Shtatlarning Istanbuldagi bosh konsulligi Shishli va Medijiyekyoy tumanlarida xavfsizlikka tahdidning hatto terror xavfigacha oshishidan ogohlantiradi. Ogohlantirish ayniqsa Shishli tumanidagi Og‘ao‘g‘li ko‘chasiga taalluqli", - deyiladi xabarda. 

Ta'kidlash joizki, shu yilning 10 iyunida AQShning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi qirollikdagi ehtimoliy terrorchi hujumlar haqida ogohlantirgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: