AQSh esminetsi Yaponiyaga yaqin yerda savdo kemasi bilan to‘qnashdi

Foto:epa/vostock-photo
AQShning Fitzgerald esminetsi Yaponiyaning Yokosuka shahri sohillaridan 100 km uzoqlikda Filippinga tegishli ACX Crystal savdo kemasi bilan to‘qnashgandan keyin 7 nafar amerikalik dengizchi bedarak yo‘qolgan, esminets sardori boshidan qattiq jarohat olgan. Bu haqda Yaponiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmatiga iqtibos keltirgan holda CNN telekanali xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, voqea 17 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 2:30larda yuz bergan.
AQSh harbiy-dengiz kuchlari vakilining CNN’ga ma'lum qilishicha, esminets dvigatellari qisman zararlangan bo‘lib, u o‘z yurishi bilan harakatlanayotgan bo‘lishi mumkin. Esminets to‘qnashuv oqibatida suv bilan to‘la boshlagan, biroq ekipaj tryumdan suvni tortib olgan.
AQSh HDK dengizchilar yo‘qolgani va yaralangani haqidagi axborotni tasdiqlamagan. AQSh floti vakili Yaponiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati vertolyoti dengizchilarni evakuatsiya qilishga yordam berganini ma'lum qilgan, Yaponiyaning NHK telekanali esa yaralangan dengizchilar videosini ko‘rsatgan, deb xabar bermoqda CNN.
Mavzuga oid

11:30 / 12.03.2025
Yaponiyada davlat xizmatchilari ishga besh daqiqa oldin kelishga majburlangani uchun 67 ming dollar kompensatsiya oldi

05:00 / 11.03.2025
Yaponiya strategik zaxiralardagi guruchni sotish bo‘yicha birinchi auksionni o‘tkazdi

22:17 / 10.03.2025
KXDR Yaponiyadan 1945 yilda o‘ldirilgan koreyslarning qarindoshlaridan kechirim so‘rashni talab qildi

22:07 / 10.03.2025