Putin terrorchilar nima hisobiga kuchayayotganlarini tushuntirdi

Foto: AP
Bugungi kunda terrorchilar kuchlidirlar, chunki ular qazib olinuvchi neftning katta ulushini o‘z nazoratlariga olganlar. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin aytib o‘tdi.
"Biz Yaqin Sharq mintaqasining ba'zi davlatlarida nima yuz berganini ko‘rmoqdamiz. Avvalambor Iroqda, Liviyada. Mintaqaning qolgan davlatlarida ham vaziyat og‘ir. Bu amaldagi tuzumlarning kuch bilan chetlatilishi, yo‘q qilinishi oqibatida yuz berdi. Shunchaki hokimiyatdan chetlatish emas, yetakchilarning yo‘q qilinishi oqibatida. Biz bu holat Suriyada ham yuz berishini juda istamayapmiz, aks holda butun mintaqa butkul xaosga botadi", deb aytdi Putin amerikalik rejissyor Oliver Stounga bergan intervyusida.
4 qismdan iborat hujjatli film tarzida namoyish qilinayotgan intervyu 2015 yilning iyulidan 2017 yilning fevraligacha yozilgan.
"Terrorchilar bugunda kuchlilar, chunki ular qazib olinuvchi neftning katta miqdorini nazorat qiladilar. Muzey asori-atiqalari, san'at buyumlari sotish bilan bir qatorda ular xorijdan ko‘rsatilayotgan yordam natijasida juda kuchayib ketdilar va biz ularning yanada kuchayishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Ular janubiy Yevropadan Markaziy Osiyogacha halifalik yaratishmoqchi", deb aytdi Putin va bu xavotirga solayotgan "eng katta muammo" ekanligini qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid

20:30 / 11.03.2025
Putin muzokaralarda yon berish niyatida emas - g‘arb maxsus xizmatlari

01:44 / 08.03.2025
«Uning o‘rnida har kim ham shu ishni qilgan bo‘lardi» - Tramp Ukrainani bombardimon qilayotgan Putin haqida

21:46 / 07.03.2025
Putin Ukrainada ba’zi shartlarda o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor – Bloomberg

21:32 / 06.03.2025