Eng yaxshi zamonaviy smartfon nomi ma'lum qilindi

Fan-texnika 21:59 / 15.06.2017 35743

Samsung Galaxy S8 va S8+ smartfonlari seriyasi eng yaxshi zamonaviy smartfon nomiga ega bo‘ldi. Iste'molchi bozorining yangi qurilmalarini muntazam ravishda o‘rganuvchi nufuzli Consumer Reports jurnali reytingi shundan dalolat bermoqda.

Nashr mutaxassislari sifatli displeylar, ajoyib kameralar, shuningdek qurilmaning avtonom xizmat vaqti davomiyligini yuqori baholashdi. Bundan tashqari, tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, telefonning uzaytirilgan ekrani (standart 16:9 o‘rniga 18,5:9), suvga bardoshli korpusi alohida e'tiborga loyiq. Smartfon yarim soat 1,5 metr chuqurlikdagi suvda turgan bo‘lsa-da, ishdan chiqmagan.

Uning noma'qul jihatlariga u qadar qulay joylashmagan barmoq izlari skaneri keltirilgan. U smartfonning orqa panelida, obektiv oynasi ostida joylashgan. Natijada foydalanuvchi kameraning himoya oynasiga tegib ketishi mumkin.

Smartfon narxi yana bir salbiy jihat sifatida keltirilgan - AQShda Galaxy S8 modeli xaridorlarga taxminan 720 dollarga tushadi, S8+ esa - 840 dollarga. 

Ko‘proq yangiliklar: