Bahraynda Qatar bilan aloqalar uzilishini tanqid qilgan ilk odam hibsga olindi
Bahrayn politsiyasi ijtimoiy tarmoqlarda Qatarga ro‘yxushlik bildirgan hamda Doha bilan aloqalarni uzgan Fors ko‘rfazi davlatlari siyosatini tanqid qilishda gumonlangan ilk shaxsni hibsga oldi. Bu haqda mamlakat prokuroriga iqtibos keltirgan holda Bahrayn axborot agentligi xabar bermoqda.
Prokurorning aytishicha, Bahrayn prokuraturasi ichki ishlar vazirligining kiberjinoyatlar bo‘limidan internetda Bahrayn va boshqa arab davlatlarining Qatarga nisbatan qarori haqida keskin fikr bildirgan odam haqida xabar olgan.
Prokurorning ta'kidlashicha, hibsga olingan shaxsning ushbu maqolalari Bahrayn qirolligining mavqei va obro‘siga putur yetkazgan.
Politsiya ushbu holat yuzasidan tergov boshladi, gumonlanuvchi hibsga olindi.
Mavzuga oid

20:43 / 11.03.2025
Qatarda tuhmat sabab javobgarlikka tortilgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

00:27 / 09.02.2025
Ijtimoiy tarmoqlar yolg‘izlikni kuchaytiradi - olimlar

19:33 / 01.02.2025
Turkiyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi cheklanadi

15:22 / 01.02.2025