GM avtonom avtomobillarning birinchi ommaviy partiyasini ishlab chiqardi

Fan-texnika 16:15 / 14.06.2017 27598

General Motors'ning bir bo‘limi hisoblangan Chevrolet kompaniyasi avtonom mashinalarni ommaviy ishlab chiqarish usullarini birinchi bo‘lib qo‘llaganini ma'lum qildi. Kompaniya Bolt EV elektrokari bazasida 130 ta haydovchisiz prototiplarni ishlab chiqardi. InsiderPro shu haqdagi xabari bilan bo‘lishdi

Chevrolet Bolt zavodda seriyali ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan birinchi haydovchisiz avtombil hisoblanadi. 

Chevrolet'da yangi xetchbeklar mustaqil boshqariluvchi avtomobillarning noyob avlodi deb atalmoqda. Ularda kameralar, lidarlar va boshqa sensorlarning yangi to‘plami o‘rnatilgan.

Bundan avval 50 ta haydovchisiz avtomobil Arizona, San-Frantsisko, Skottsdeyl, Uorren va Detroytda sinovdan o‘tkazila boshlangandi. GM'ning ijrochi direktori Meri Barra shunday deydi:

"Real sinov parkining kengayishi bizning avtonom mashinalarimiz ham xavfsizlik va sifatning qolgan avtomobillarimizda rioya qilinadigan barcha qat'iy standartlariga javob berishini kafolatlashga yordam beradi".

Muhandislar avtopilotning turli yo‘l sharoitlarida o‘zini qanday tutishini takomillashtirish uchun haydovchisiz mashinalarni turli xil ko‘cha va yo‘llarda sinab ko‘rishmoqchi.

GM'ning sho‘'ba korxonasi hisoblangan Cruise Automation bosh direktori Kayl Fogtning aytishicha, yangi avtomobillar shaharning yanada murakkab yo‘llarida tekshiruvdan o‘tkaziladi. 

Ko‘proq yangiliklar: