Microsoft'ning ikkiga buklanuvchi mobil qurilmasi bilan bog‘liq yangi patentlari bundan avval paydo bo‘lgan Surface Phone (yoki Surface Mobile) haqidagi gap-so‘zlarni tasdiqlaydi. Bundan tashqari, kompaniya bu g‘oyani 2009 yildan buyon saqlab kelmoqda yoxud Windows Phone bilan bog‘liq muammolar fonida uni qaytardi. Hi-Tech shu haqdagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.
Yangi patentlarda asosiy e'tibor qurilmaning mexanik qismi - sharnirga qaratiladi, ularda qurilma 3 konfiguratsiyaga ega bo‘lishi aniq ko‘rsatilgan: 0 daraja - "yopiq", 180 daraja - "tekislik" va 360 daraja - "to‘liq ochiq". Bundan oldingi tarqalgan ma'lumotlarda shunga o‘xshash ko‘rsatkichlar haqida so‘z borgandi.
Patentda shuningdek ekranning turli burchaklarida turli foydalanuvchi interfeysi aks etishi ta'kidlangan. Boshqa ma'lumotlarga ko‘ra, qurilmaga to‘laqonli Windows tizimi o‘rnatiladi.
Chizmalar shuningdek qurilmaning o‘lchamlariga oid ma'lumotlarga ham ishora qiladi - bu ikkisi birda bo‘lgan noutbuk emas, balki smartfon (yoki fablet) bo‘lsa kerak.
Ta'kidlash joizki, Microsoft anchadan beri shunga o‘xshash qurilma ustida ishlamoqda va aynan shu Satya Nadella intervyuda ko‘zda tutgan "inqilobiy" qurilma bo‘lishi mumkin. Microsoft'ning 2009 yilgi «Future Vision» kontseptual videosi buni yana bir bor tasdiqlamoqda.