Beeline Surxondaryoda yangi baza stansiyalarini o‘rnatdi

Fan-texnika 18:28 / 13.06.2017 6620

Eng yirik aloqa operatori Beeline Surxondaryo viloyati hududidagi 3G tarmog‘i qoplamining doirasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar berdi. 

Termiz shahrida, shuningdek Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlarida yangi baza stansiyalari ishga tushirildi, va buning natijasida aloqa hamda mobil Internet sifati sezilarli darajada yaxshilandi. 

Voqeani sharhlar ekan Unitel‘ning G‘arbiy hududiy filiali direktori Ulug‘bek Ahmedov shunday dedi: “Nafaqat hududda, balki butun O‘zbekiston bo‘ylab aloqaning yuqori sifatini ta'minlagan va kompaniya rivojlanishining yangi istiqbollarini ochgan holda tarmoqni rivojlantirish va zamonaviylashtirish bo‘yicha ishlar doimiy ravishda olib borilmoqda”. 

Qo‘shimcha quvvatlarni o‘rnatish natijasida Bog‘ishamol, Sobir Rahimov, Taraqqiyot va Kitob ko‘chalarida signal sifati yaxshilandi.

Ko‘proq yangiliklar: