Telegram asoschisi Pavel Durovning so‘zlariga ko‘ra, jamoasining AQShga 2016 yildagi tashrifi davomida ularni davlat agentliklari vakillari sotib olishga harakat qilgan. Bu haqda Durov Tvitterdagi sahifasida aytib o‘tdi.
Taxminlarga ko‘ra, Milliy xavfsizlik agentligi messenjerning shifrlash algoritmiga kirish imkonini qidirgan. Durovning o‘zi esa unga FQBda bosim ko‘rsatishganidan shikoyat qildi.
During our team's 1-week visit to the US last year we had two attempts to bribe our devs by US agencies + pressure on me from the FBI.
— Pavel Durov (@durov) June 11, 2017
«Bizning AQShga o‘tgan yildagi bir haftalik tashrifimiz davomida mutaxassislarimizni AQSh agentliklari tomonidan sotib olishga ikki bora harakat bo‘ldi + menga FQB tomonidan bosim o‘tkazildi»
And that was just 1 week. It would be naive to think you can run an independent/secure cryptoapp based in the US.
— Pavel Durov (@durov) June 11, 2017
«Bularning bari bir haftada ro‘y berdi. AQShda mustaqil yoki xavfsiz kriptoservisni saqlash soddalik bo‘lardi»
Durovning instagramiga qaraganda, u 2016 yilning iyunida Kaliforniyada bo‘lgan. Amerika maxsus xizmatlari va Telegram xodimlarining o‘zaro aloqalari qanday yakun topgani noma'lum. Bundan so‘ng AQShga u yoki uning hamkasblari tashrifiga ham oydinlik kiritilmagan.
Durovning so‘zlari Edvard Snouden bilan Signal messenjeri xavfsizligi borasidagi bo‘lib o‘tgan bahs-munozaralarga tegishli. Snouden – Signal messenjeri tarafdori va Telegram’ning tanqidchisidir. Bu uning Durov bilan ushbu mavzudagi birinchi bahsi emas.
Biroq Durov bu safar Signal AQShda davlat tomonidan moliyalashtirilishiga e'tibor qaratdi. Pando.com ma'lumotlariga ko‘ra, Signal’ning maxfiy yaratuvchisi Moksi Marlinspayk MXA bilan qalin aloqada va o‘zining Open Whisper Systems kompaniyasi moliyaviy tuzilmasini oshkor qilishni istamayotgani bejiz emas. Nashr ma'lumotiga ko‘ra, u AQSh davlat departamenti bilan hamkorlik qiluvchi Open Technology Fund jamg‘armasi orqali moliyalashtiriladi.
Durovning xulosasiga ko‘ra, Signal ishlab chiquvchilari – yoki ularning kodi xavfsizligini tekshirgan ekspertlar – MXAdan 10 millionli grant olgan bo‘lishlari mumkin. Bu shifrlanishdagi bekdorlarni aniqlash maqsadida qilingan.
Signal vakillari bunga javoban Durovni Telegram’ni Kremldan olingan pullar evaziga ishga tushirganlikda ayblashdi – ya'ni, uning ijtimoiy tarmog‘i barcha sotuvlar natijasida Putinga yaqin bo‘lgan tadbirkor Alisher Usmonov nazoratiga o‘tdi. Durovning o‘zi esa bu voqealarga boshqacha fikrda: u ulushni tadbirkor Ivan Tavringa (2014 yilda - «MegaFon» bosh direktori) sotgan, Mail.Ru Group – bu tijoriy tuzilma.
Dude. If you want to talk about funding, Telegram is literally funded by the fact you sold out your previous social network to the Kremlin. https://t.co/jGwwFcdfiC
— The OSINT (@theosint) June 8, 2017
«Agarda moliyalashtirish haqida gaplashishni istasang: Telegram sen o‘zingning avvalgi ijtimoiy tarmog‘ingni Kremlga sotganing evaziga moliyalashtirildi»
Nice attempt, but I sold my stake in VK to Ivan, a young tech entrepreneur/CEO who sold a company to Walt Disney https://t.co/N8oxTFCXsF
— Pavel Durov (@durov) June 8, 2017
«Yaxshi urinish, biroq men VK’dagi ulushimni Ivanga, yosh texnologik ishbilarmonga sotdim, u Walt Disney’ga o‘z kompaniyasini sotgan»
Durov Tavrinning Walt Disney’ga sotib yuborilgan qanday kompaniyasi haqida gapirgani noma'lum. 2008 yilda Walt Disney Tavrin va Usmonovning birlashgan televizion aktivlarini xarid qilishga tayyor edi, biroq monopolitsiyaga qarshi kurash xizmati kelishuvni rad etdi. 2016 yilda Tavrin va Usmonovning tuzilmalari Rossiyadagi Disney kanalining 80 foizi egasiga aylanishdi.
He later sold it to Mail.ru Group, a huge internet company traded on the London Stock Exchange. Are you sure you're not banned on Wikipedia?
— Pavel Durov (@durov) June 8, 2017
«Keyin ularni Kremlga sotdingmi?» — «U keyinroq uni London birjasida savdo qiluvchi yirik internet kompaniya Mail.Ru Group’ga sotdi. Senga „Vikipediya“ga kirishni taqiqlab qo‘yishganmi?»
2014 yilda Durov «VKontakte»dagi ulushini Ivan Tavringa sotib yubordi, u esa ularni Mail.Ru Group’ga sotdi. O‘shanda «VKontakte» asoschisi ulushini FXXning «Yevromaydon»ga bag‘ishlangan guruhlar ishtirokchilari shaxsiy ma'lumotini oshkor etish bo‘yicha talablari tufayli sotganini iddao qilgan.