Eron Qatarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlamoqda

Eron 6-11 iyun kunlari davomida Qatarga oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirilgan beshta samolyot yubordi, deb yozmoqda Die Tagesschau. Bu haqda Iran Air davlat aviakompaniyasi kotibi xabar bergan.
Bundan tashqari, 90 tonnalik yangi mahsulotlar, asosan meva va sabzavotlar avtomobil transporti orqali yetkazib berildi.
OAVning Tasnim axborot agentligiga asosan xabar berishicha, 350 tonnalik oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lgan uchta kema Dayyer dengiz portidan Qatarga qarab yo‘lga chiqdi.
Shuningdek, Tehron Qatarning Qatar Airways aviakompaniyasiga Yevropa va Afrika davlatlariga parvoz qilish uchun o‘z havo hududidan foydalanishga ruxsat bergan.
Eslatib o‘tamiz, 8 iyunga kelib 10 davlat – Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Misr, BAA, Yaman, Liviya, Maldiv, Mavrikiy, Mavritaniya va Komor Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzishdi, shu sababdan mamlakatda gumanitar inqiroz yuz berish tahdidi bor.
Ular Dohani xalqaro terrorchilik guruhlarini moliyalashtirishda ayblashmoqda.
Mavzuga oid

20:43 / 11.03.2025
Qatarda tuhmat sabab javobgarlikka tortilgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

15:02 / 09.03.2025
Rossiya, Xitoy va Eron Hind okeanida qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazadi

23:36 / 08.03.2025
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi

20:41 / 07.03.2025