Airbus yangi avlod Yevropa qiruvchisini ishlab chiqaradi

Fan-texnika 18:48 / 12.06.2017 7215

Fransiyada joylashgan Airbus konserni Yevropaning yangi avlod qiruvchisini ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqida dushanba kuni EUobserver internet-nashri xabar berdi

Nashr Airbus rahbari Fernando Alonsoga asoslanib, yangi loyihaga Germaniya va Ispaniyaning qo‘shilgani hamda kelgusida Fransiyaning ishtiroki ham kutilayotganini ma'lum qildi. 

Kod nomi "Yangi avlodning jangovor aviatizimi" (Future Combat Air System (FCAS)) bo‘lgan qiruvchi hozirda Germaniya tasarrufida bo‘lgan Eurofighter va Tornado, Ispaniyaning F16 va ehtimol, Fransiyaning Rafale qiruvchisining o‘rnini bosishi rejalashtirilgan. 

Loyiha Yevropa Ittifoqining mudofaa byudjyeti hisobiga moliyalashtiriladi. Unga ko‘ra, FCAS kabi loyihalarga doir ilmiy-tadqiqot va tajribali-konstruktiv ishlanmalarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishga yiliga 1,5 milliard yevro ajratish ko‘zda tutilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: