Eron Qatarga oziq-ovqat yetkazib berish uchun «havo ko‘prigi» o‘rnatdi

IranAir aviakompaniyasi samolyotlari 5ta reys orqali Qatar poytaxti Dohaga 450 tonna yuk yetkazdi. Bu haqda Al-Araby al-Jadeed eronliklar aviakompaniyasi vakili Sharux Nushabadiga asoslangan holda xabar tarqatdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, reyslar keyin ham davom etadi. Yuklarning asosiy qismini meva va sabzavotlar tashkil qiladi.
Nashrning Tasnim agentligiga asoslanib xabar berishicha, Eron samolyotlari Qatarga yana 350 tonna miqdoridagi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beradi.
Qatar atrofidagi mojaro 5 iyun kuni boshlangandi. Shu kuni Saudiya Arabistoni, Bahrayn, BAA va Misr Qatar bilan diplomatik munosabatlarni uzgani haqida e'lon qildi. Bu davlatlar rasmiy Dohani terrorizmni qo‘llashda aybladi. Keyinroq Liviya, Yaman, Maldiv, Mavritaniya va Komor orollari hukumatlari ham Qatar bilan aloqalarni to‘xtatdi. Shuningdek bu mojaro fonida qator davlatlar Qatardan o‘z elchilarini chaqirib ola boshlagan.
Saudiya Arabistoni Qatar bilan quruqlikdagi yo‘nalishlarni yopgan. Bu davlat orqali Qatarga kirib keladigan oziq-ovqat va qurilish mahsulotlar hajmi umumiy importda 40 foizni tashkil qilardi.
Eron Fors ko‘rfazi davlatlari embargosiga uchragan Qatarga oziq-ovqat yetkazishga tayyor
Mavzuga oid

17:24
O‘zbekiston milliy jamoasining Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yin uchun tarkibi e’lon qilindi

20:43 / 11.03.2025
Qatarda tuhmat sabab javobgarlikka tortilgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

15:02 / 09.03.2025
Rossiya, Xitoy va Eron Hind okeanida qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazadi

23:36 / 08.03.2025