Aksariyat uchuvchisiz uchar qurilmalar (UUQ)ning asosiy muammosi shundan iboratki, ularning muqobil parvoz vaqti unchalik ko‘p emas. Kuplab muhandislar va olimlar bu muammoni o‘zlaricha hal qilishga urinishmoqda. Mana, masalan, Massachusets texnologiya instituti tadqiqotchilari benzinda parvoz qiadigan UUQni havola qilishdi. Bunda, ajablanarlisi shundaki, UUQ besh kecha-kunduz mobaynida qo‘shimcha zapravkalarsiz parvoz qila oladi.
Umuman, bu borada rekordchi UUQlar haqida gap ketganida Qinetiq kompaniyasining Zephyr nomli qurilmasi yetakchi hisoblanadi. U 336 soat (roppa-rosa ikki hafta) muqobil parvoz qila oladi. Biroq, bu dron bevosita quyosh energiyasiga bog‘liq. Bundan tashqari, u yuqori balandliklarda parvoz qilishga mo‘ljallangan. Shu boisdan ham uning qo‘llanish sohalari ro‘yxati birmuncha cheklanadi. MIT muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan UUQ esa kichik balandliklarda ucha oladi, yoqilg‘i sifatidda odatdagi benzindan foydalanadi.
Unga o‘rnatilgan dvigatel 5 ot kuchiga ega, vazni 68 kgni tashkil etadi. Qanotlari uzunligi 7,3 metr. Hajmi va vazni kattaligi sababli uni harakatlanayotgan avtomobil tomidan uchirish talab etiladi. UUQ havoga 9kggacha yukni olib chiqa oladi. Bu esa, turli sohalarda qo‘llashga imkon beradi. Ixtirochilarning o‘zlari UUQ atrof-muhitni kuzatishda qo‘l kelishini aytishmoqda.
Dastlab, dronga quyosh panellarini o‘rnatish rejalashtirilgan edi. Biroq, bu fikrdan voz kechishdi hamda ichki yonuv dvigatelidan foydalanishga qaror qilishdi. Dronlar, asosan, yilning serquyosh vaqtlarida samarali bo‘lib, tungi vaqtlarda hamda bulutli kunlarda foydasi kamroq. Qishki vaqtda hamda ekvatordan uzoq masofalarda foydasi kamroq bo‘ladi. Benzinda uchuvchi dron prototipi may oyidayoq terilgan edi. Ilk sinovlar muvaffaqiyatli o‘tdi. Endilikda, tadqiqotchilar guruhi uni uzoq masofaga uchirish hamda vazni 68 kgdan 25 kgga tushirish vazifasini uddalashlari kerak.