Porsche eng tajovuzkor 911 kupeni taqdim etdi

Fan-texnika 15:32 / 08.06.2017 12623

Porsche kompaniyasi 911 Turbo S sport kupesining maxsus versiyasini taqdim etdi. Brend matbuot xizmatining xabar berishicha, mashina Exclusive Series, deb nomlandi va 500 nusxada chiqariladi. Avtomobil Yevropada yaqin orada sotuvga qo‘yiladi. Yangi versiya brendning hozirgi qatoridagi eng kuchli kupe bo‘ldi.

Exclusive Series oltita silindrga ega 3,8 litrli benzinli dvigatelga ega. Uning quvvati 607 ot kuchiga barobar. Avtomobil soatiga 100 kilometr tezlikka 2,9 soniyada chiqishi mumkin. Maksimal tezlik – soatiga 330 km.

Avtomobil karbonli yon qismlar va 20 dyuymli g‘ildirak disklari bilan jihozlandi. Shuningdek, model yangi orqa bamper, uglerod tolali antiqanot va boshqa gaz chiqarib tashlash tizimiga ega. Kuzov tilla-sariq rangga bo‘yaldi.

Ko‘proq yangiliklar: