Tesla yangi ixcham krossoverini namoyish qildi

Fan-texnika 17:06 / 07.06.2017 11566

Elektrokarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Tesla kompaniyasi aksiyadorlar majlisi doirasida qimmatli qog‘ozlar egalariga yangi ixcham krossover tizerini namoyish qildi. Hozircha, uning Model Y deb atalishi ma'lum. Tizer suratini InsideEVs e'lon qildi.

Shu bilan birga, yangi elektromobilning texnik tafsilotlari ham oshkor qilinmagan. Tesla rahbari Ilon Maskning so‘zlariga ko‘ra, krossover Model 3 platformasida barpo etilmaydi. Chunki, uning fikricha, Model S negizida Model X elektrokarini ishlab chiqish xato bo‘lgan. 

Mask qayd etganidek, Tesla Model Y’ning seriyali namunasi 2019 yilda paydo bo‘ladi. Uning taxminicha, yo‘ltanlamasga bo‘lgan talab Model 3 talabidan ortib ketadi.

Tesla Model Y eshiklari tepaga ochiladigan bo‘lishi ehtimol. Bu kabi eshiklar Model X’da ham qo‘llaniladi. Bundan tashqari, u yangi avlod avtopilotiga ega bo‘ladi. 

Tesla kompaniyasi rejalariga, shuningdek, bir nechta yangi elektrokarlarni ishlab chiqish kiradi. Xususan, kompaniya Roadster modelini tiklashni, yuk mashinasi va shahar elektrobusini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.

 

Ko‘proq yangiliklar: