GM Uzbekistan AJ rasmiy saytida avtomobillar narxlari bilan real vaqt rejimida tanishib borish imkoniyati mavjud bo‘lgan maxsus bo‘lim ish boshladi.
Bo‘limdagi ma'lumotlar har hafta yangilanib boradi hamda unda 6 iyun holatiga ko‘ra, avtomashinalarning yangi narxlari berildi. Narxlar Markaziy bankning 2017 yil 6 iyundagi kursi bo‘yicha ko‘rsatilgan: 1 AQSh dollari - 3874,48 so‘m.
Avvalroq 1 iyundan boshlab "GM Uzbekistan" barcha avtomobillari so‘mda sotilishi yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar bergandik. Narxlar dollarga bog‘langan va milliy valyutadagi narxlar har hafta o‘zgarib borishi mumkin.