Fransiyaning Renault avtomobil konserni o‘zining birinchi elektr kontsept-kari bo‘lgan Trazor'ni rasman namoyish etdi. Bu haqida FAN nashri xabar berdi.
Ta'kidlash joizki, model birinchi marta o‘tgan yili Parij avtomobil shousida namoyish etilgan va taqdim etilgan yangi mashinalar orasida eng ko‘p qiziqish uyg‘otgan avtomobil bo‘lgan. Renault Trazor ekstereriga kelsak, avto katta shov-shuvga sabab bo‘lgan 22 dyuymli orqa va 21 dyuymli old disklarga ega.
Kontsern ma'lumotlariga ko‘ra, avtomobil o‘zining kuchli elektrodivgateli tufayli atigi 4 soniyada "yuz"ga bosishi mumkin. Hozirda avtomobil sotuvlariga qachon start berilishi noma'lum. Boshqa parametrlar va mashina narxi ham sirligicha qolmoqda.