Toshkentda ko‘p tarmoqli muz kompleksi quriladi

O‘zbekiston 17:04 / 29.05.2017 13763

O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 11 maydagi PQ-2964-sonli qaroriga muvofiq, 2017-2018 yillarda poytaxt Toshkent shahrida «Numo Arena» ko‘p tarmoqli muz kompleksini qurishga doir qaror qabul qilindi. 

Xalqaro talab va standartlarga javob beruvchi obekt Chilonzor tumanidagi Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari kesishmasida joylashadi. Yangi muz kompleksi 2018 yilning III choragida ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. 

Qurilish buyurtmachi («Wind Rose» MChJ)ning shaxsiy mablag‘lari va boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi. 

Loyihani amalga oshirish doirasida bosh pudratchi (Singapurning «Enter Engineering Pte.Ltd.» kompaniyasi) va bosh loyihachi (Janubiy Koreyaning «Neerim Architects & Planners Co., Ltd.» kompaniyasi)ga qator soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etilgan.

Bundan tashqari, loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan jismoniy shaxslarga beriladigan bepul ovqat qiymati yagona ijtimoiy to‘lov, jismoniy shaxslar daromad solig‘i va fuqarolarning sug‘urta badallarini hisoblashda soliq solinadigan obektga kiritilmaydi. 

Shuningdek O‘zbekiston hududida doimiy muassasalar orqali faoliyat yuritadigan norezidentlar uchun jismoniy shaxslar daromad solig‘ini hisoblashda loyihani amalga oshirish doirasida taqdim etiladigan xayriya mablag‘lari miqdori hisoblab chiqariladigan sarf-xarajatlarga kiradi. 

Mazkur hujjatning to‘liq matni bilan "O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligi" axborot-qidiruv tizimida tanishishingiz mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: