Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, Shovot tuman hokimligining yuriskonsulti M.S. “Yu.Q.” fermer xo‘jaligiga qarashli 70 gektar yer maydonini 3 000 AQSh dollari evaziga fuqaro S.Yu.ning nomiga o‘tkazib berishni va’da qilib, oldindan 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro Sh.I. fuqaro Z.J.ga Yuqori Chirchiq tumanidagi “S.R.” MChJ tomonidan ijara shartnomasi asosida foydalanib kelayotgan 260 gektar yer maydonini 400 000 AQSh dollari evaziga uning nomiga rasmiylashtirib olib berishini aytib, oldindan 40 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.