Xitoy qora tuynuklarni o‘rganuvchi ilk rentgen teleskopini ishga tushiradi

Fan-texnika 15:41 / 29.05.2017 4542

Xitoy yaqin kunlarda Hard X-ray Modulation Telescope (HXMT) deb nomlangan birinchi rentgen kosmik teleskopini ishga tushiradi. Yangi teleskop qora tuynuklar va neytron yulduzlarni, shuningdek Somon yo‘li galaktikasini kuzatadi. Bu haqida CGTN telekanali Xitoy fanlar akademiyasi bosh ilmiy xodimi Chjan Shuannanga asoslanib xabar berdi

"Bizning kosmik teleskopimiz qora tuynuklar va neytron yulduzlar kabi yuqori energiyali kosmik obektlarni kuzatish bo‘yicha noyob imkoniyatlarga ega. Uning yordamida qora tuynuklar evolyutsiyasi va neytron yulduzlarning kuchli magnit maydonlari kabi jumboqlarni yechishga umid qilamiz", - deydi olim. 

"Koinotda qora tuynuklar va neytron yulduzlar juda ko‘p, biroq bu obektlarning birortasi haqida to‘liq tushunchaga ega emasmiz. Aynan shuning uchun bizga yangi sun'iy yo‘ldoshlar kerak", - deya izoh beradi Chjan Shuannan.

Olimning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyning kosmik teleskopi boshqa xorijiy rentgen yo‘ldoshlardan farqli o‘laroq, yanada keng energiya diapazoniga ega. HXMT avvallari bir necha sun'iy yo‘ldosh faoliyatini talab qilgan vazifalarni bajara oladi. 

Ko‘proq yangiliklar: