Luish Figu Messi va Ronaldu, "Barsa" va "Real" haqida

O‘z zamonasining eng yaxshi futbolchilaridan biri Luish Figu Krishtianu Ronaldu va Lionel Messini solishtirishdan voz kechdi. Gulf News'da shu mavzudagi xabar berildi.
Figu "Eng yaxshi o‘yinchi Messimi yoki Ronaldu?" degan savolga quyidagicha javob berdi: "Ularning ikkisi ham dunyoning eng yaxshi o‘yinchilari. Ulardan birini tanlab, "shunisi yaxshi" deyish qiyin.
"Oxir-oqibat, Ronaldu va Messi - futbol olamidagi eng ko‘p mukofotlarni qo‘lga kiritgan o‘yinchilar va bu ularning futbolchi sifatidagi ulkan iste'dodidan dalolat beradi. Men hech qachon ulardan birini tanlamagan bo‘lardim", - qo‘shimcha qildi Figu.
44 yoshli portugaliyalik futbol yulduzi - ham "Barselona", ham "Real Madrid" safida to‘p surgan o‘yinchilardan biri. "Ikki klubni bir-biriga taqqoslash noo‘rin - murakkab tanlov. Bu ko‘proq La-Ligada qaysi klub g‘alaba qozonishiga bog‘liq. Joriy yilda "Real" yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdi va o‘ylashimcha, jamoa bunga munosib", - dedi Figu.
Mavzuga oid

15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»

11:06 / 14.12.2024
Husanov transfer bahosi bo‘yicha Ronaldu bilan tenglashdi

13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida

10:49 / 13.09.2024