NASA Quyoshga "teginadigan" zondni uchirishni rejalashtirmoqda

Fan-texnika 08:16 / 27.05.2017 6596

Amerikaning NASA agentligi kelasi 2018 yil yozida Quyosh tomon tadqiqot zondini uchirishni rejalashtirmoqda. U Quyoshga juda yaqin masofada yaqinlashishi belgilangan. 

"Solar Probe Plus (SPP) missiyasi 2018 yil yoziga rejalashtirilgan", — deb xabar qilmoqda NASA. Zond 31 iyuldan 19 avgust oralig‘ida Delta IV–Heavy raketa tashuvchisida uchiriladi.

Fazoviy qurilma, reja muvaffaqiyatli amalga oshsa, Quyoshga 6,2 million kilometr masofagacha yaqinlashadi. Bu zondning Quyoshga Merkuriy sayyorasidan yaqinroq bo‘lishini anglatadi. NASAga ko‘ra, birinchi bo‘lib yirik yulduzga "teginadi", chunki u insoniyat tomonidan yuborilgan avvalgi zondlarga nisbatan Quyoshga 7 marta yaqin bo‘ladi. 

Agentlikning xabar qilishicha, SPP "yulduzning tashqi atmosferasini o‘rganadi hamda uning fizik xususiyatlariga doir o‘nlab yillardan beri mavjud bo‘lgan masalalarga javob topadi".

NASAning ta'kidlashicha, ushbu tadqiqot natijalari "Yerga, sun'iy yo‘ldoshlar va fazogirlarning fazoda ishlashiga ta'sir ko‘rsatadigan fazoviy havo ko‘rinishlari hosil bo‘lishini prognoz qilishda muhim ahamiyatga ega". Zondning asosiy missiyasi 11 kunga mo‘ljallangan, tafsilotlari kelasi haftada e'lon qilinadi. 

Ko‘proq yangiliklar: