Pagani biznes-jyet intererini barpo qildi

Fan-texnika 15:13 / 24.05.2017 8396

Superkarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Pagani kompaniyasi Airbus bilan hamkorlikda Infinito biznes-jyeti dizaynini taqdim etdi. Italiya kompaniyasi 8 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan samolyotning intereri bilan shug‘ullandi. 

Foto: motor.ru

Garchi, ACJ319neo modeli sakkiz kishiga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, uning bortida bir nechta alohida xonalar bor. Ular orasida ishxona, tamaddixona, katta televizorli xona, yotoqxona va to‘liq jihozlangan cho‘milish xonasi. 

Foto: motor.ru

Pagani intererga jilo berishda charm, karbon, alyuminiy va karbon-titanli qotishmadan foydalangan. So‘nggi material kreslolar, stollar asoslari va chegaralovchi to‘siqlarda qo‘llanilgan. 

Foto: motor.ru

Havo kemasi bortida sozlanuvchi yorug‘lik diodli chiroqlar o‘rnatilgan. 

Foto: motor.ru

Hozircha, Airbus Infinito narxi ma'lum qilinmayapti. 

Foto: motor.ru

 

Ko‘proq yangiliklar: