Terri Anri Mourinoni tanqid qildi

Londonning «Arsenal» futbol jamoasi sobiq hujumchisi Terri Anrining fikricha, «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino yarim himoyachi Pol Pogbadan yetarli darajada samarali foydalana olmayapti.
«Pogba uchun mavsum qiyin bo‘ldi. Mourino undan noto‘g‘ri pozitsiyada foydalanmoqda. Pogba juda chuqur harakat qilmoqda, u yuqoriroqda o‘ynashga yoki chap qanotda harakat qilishga o‘rgangan. Agarda Pol chuqurroq harakat qilsa, bu pozitsiya uni cheklab qo‘yadi. Futbolchi shunday summaga xarid qilinar ekan, kishilar har doim unga juda diqqatlik bilan qarashadi hamda imkoniyat tug‘ildi deguncha tanqid qilishadi.
O‘ylashimcha, Pogbaning «MYu»dagi ikkinchi mavsumi ancha yorqinroq kechadi. Pol ancha ko‘proq narsaga qodir", - deya Anrining so‘zlarini keltiradi Sky Sports.
Mavzuga oid

13:10 / 03.03.2025
«Barselona»dan yana gollar yomg‘iri, «MYu»da yana mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

12:35 / 17.02.2025
Shomurodov asosiy tarkibga qaytmoqda, «MYu» autsayderga aylanmoqda. Kun o‘yinlari

12:01 / 17.01.2025
«MYu»da kambek, «Real» o‘ziga muammo tug‘dirdi. Kun o‘yinlari

11:45 / 27.12.2024