Nokia va Apple o‘zaro sud da'volaridan voz kechishdi

Fan-texnika 15:23 / 23.05.2017 5536

Nokia va Apple kompaniyalari patent huquqlari buzilgani xususidagi sud tortishuvlariga chek qo‘yish va o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi. Bu haqda Finlandiya kompaniyasi matbuot xizmati axborotida so‘z yuritilgan. 

Hujjatga muvofiq, Nokia Apple kompaniyasiga bir necha mahsulotini taqdim etadi va tarmoq infratuzilmalari xizmatini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, kompaniyalar salomatlik uchun elektron mahsulotlar ishlab chiqishda hamkorlik qilish borasida imkoniyatlarni qidiradi. 

Ammo, kelishuv shartlari va qiymatiga oydinlik kiritilmagan. 

Eslatib o‘tamiz, 2016 yil 22 dekabrda Nokia kompaniyasi Apple ustidan Germaniya va AQShning bir necha sudlariga patent da'volari bilan murojaat qilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. 

«Nokia kompaniyasi bizning uzoq muddatli investitsiyalarimiz va ishlanmalarimiz tufayli bugungi kunda zamonaviy mobil qurilmalar, xususan, Apple qurilmalarida foydalaniladigan texnologiyalar ishlab chiqildi», — degan edi Nokia patent departamenti rahbari Ilkka Raxnasto. 

Apple, o‘z navbatida, Finlandiya kompaniyasini «patent trollari» bilan til biriktirganlikda aybladi. Apple vakili so‘zlariga ko‘ra, Nokia adolatli taklif asosida o‘z patentlariga litsenziyalarni berishdan bosh tortgan, endi esa, Apple kompaniyasidan pul undirmoqchi. 

Ko‘proq yangiliklar: