Twitter asoschilaridan biri Evan Uilyams ushbu ijtimoiy tarmoq Donald Trampga AQSh prezidenti bo‘lishda vositachi bo‘lganidan afsusda ekanini ma'lum qildi. Prezidentning o‘zi bu haqda oldinroq aytib o‘tgandi.
«Bu juda yomon — Twitter bu ishda xizmat qilishi yaxshi emas. Agar bu haqiqat bo‘lsa, men bundan juda afsusdaman», — degan u New York Times nashriga bergan intervyusida.
Uilyamsning fikricha, «buzilgan», ko‘pchilik buni biladi.
«Men o‘ylagandimki, qachonki barcha axborotlarni almashib, g‘oyalar haqida erkin gapira olsa, dunyo o‘z-o‘zidan yaxshi tomonga o‘zgaradi. Men nohaq ekanman», — degan u.
Twitter 2006 yilda Evan Uilyams, Jyek Dorsi va Biz Stoun tomonidan tashkil etilgandi. 2 yil o‘tib, Uilyams kompaniyaga prezident bo‘ldi. 2010 yilda u rahbarlikni tark etdi, Dik Kostolo uning o‘rniga keldi. U 2015 yilda chiqishga qaror qildi. Kompaniya asoschilaridan biri Jyek Dorsi uning o‘rnini egalladi.